» » Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Yashnobod tumaniga yangi hokim etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Yashnobod tumaniga yangi hokim etib tayinlandi


Rahmonqulov Baxtiyor Tugambayevich Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati xabar bergan.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtini qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008-yilda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2018-yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avval Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov va Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov lavozimlaridan ozod etilgan. Sergeli tumanining hokimi Baxtiyor Shomurotov esa avgust oyining boshida ishdan olingandi.

Bektemir tumaniga Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Jahongir Ibrohimov, Sergeli tumaniga jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Elbek Shukurov hokim etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют