» » Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi


Bunga qadar Yashnobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Hojiakbar Tillashayxov Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hojiakbar Tillashayxov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti (kunduzgi), 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2010-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi, 2016-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2016-yilda “Ipak yo‘li” banki Sag‘bon filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2016—2017-yillarda Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 20:27)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют