» » Shayxontohurning sobiq hokimi Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

Shayxontohurning sobiq hokimi Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi


Odilxon Rustamov Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. UZ24 xabariga ko‘ra, Rustamovga qadar bu lavozimda Mahmud Abdurahmonov ishlagan.

Odilxon Rustamov 2001—2005-yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilgan.

2005—2009-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Odilxon Rustamov 2009-yil martidan 2016-yil martiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2016—2017-yillarda “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasiga raislik qilgan.

U 2017-iyulidan Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga hokimlik qilayotgan edi.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют