» » Raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi

Raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi


Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga Davron Hidoyatov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi saytida ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumaniga tashrif buyurganidan so‘ng tuman hokimi Tohir Mirhidoyatov egallab turgan vazifasidan ozod etilgan, vaqtinchalik hokim vazifasini uning birinchi o‘rinbosari Bahrom Karimov bajarayotgandi.

Davron Hidoyatovning tarjimai holi

1976-yil 11-dekabrda tug‘ilgan. Millati: o‘zbek.

Ma’lumoti oliy, 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini — xalqaro iqtisodiy aloqalar mutaxassisligi bo‘yicha va 2001-yilda Bank-moliya akademiyasini — bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1996—2004-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida ishlagan.

2004—2005-yillarda — “Aziya-invest-bank” ATB boshqaruv raisi (Moskva sh.).

2009—2012-yillarda General Motors YoAJ moliya masalalari bo‘yicha ijrochi direktori.

2012—2014-yillarda — JV MAN Auto-Uzbekistan bosh direktori.

2014—2017-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют