» » Asad Xo‘jayev Prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi etib tayinlandi

Asad Xo‘jayev Prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi etib tayinlandi


Asad Xo‘jayev Prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbalari ma’lum qildi.

Asad Xo‘jayev 1970-yilda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini elektr aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatib iqtisod magistri ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

1995—2001-yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi, markaziy apparatining turli lavozimlarida ishlagan.

2001—2003-yillarda “O‘zbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishladi.

2003-yilda Uzinfocom Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

2003—2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, 2004—2011-yillarda  O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, 2011—2012-yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori bo‘lib ishladi.

2012-yilning fevralida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. So‘ng Bosh vazir ijroiya apparati rahbari bo‘lib ishladi.

A. Xo‘jayev oilali, uch qiz va bir o‘g‘il farzandi bor.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют