» » Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali sobiq direktori, taniqli jurnalist Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi axborot xizmatiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Xayrulla Nuriddinov haqida

Xayrulla Nuriddinov 1974-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1999-yilda “Jasorat” medali, 2005-yilda esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2006—2017-yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 2-fevral kuni Prezident qaroriga binoan Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rahbar etib tayinlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют