» » “Men — afsona” filmidagi Uill Smitga tegishli Ford Mustang Shelby sotuvga qo‘yildi

“Men — afsona” filmidagi Uill Smitga tegishli Ford Mustang Shelby sotuvga qo‘yildi


AQShda Gollivudning taniqli aktyori Uill Smit ishtirokidagi “Men — afsona” filmida suratga tushgan Ford Mustang Shelby GT500 sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi CARakoom.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suratga olish ishlari uchun jami olti dona Shelby GT500 ishlab chiqarilgan, biroq ularning beshtasi suratga olish yakunlangach, Ford kompaniyasi tomonidan yo‘q qilingan. Bu Uill Smit film vaqtida boshqargan model omon qolgan yagona nusxa ekanligini anglatadi.

2007-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil hozirga qadar yopiq binoda saqlangan va hamon kinostudiyaga tegishli. Nyu-Milfordda saqlangan mashinaga faqat rasmiy diler xizmat ko‘rsatgan. Avtomobil hozirga qadar 10 629 kilometr yo‘l bosgan.

Kuzov yorqin qizil rangga bo‘yalgan va keng oq poyga chiziqlariga ega, shuningdek, g‘ildiraklari kumushrang. Salon qismi esa qora va qizil charm bilan qoplangan, qurilmalar panelida esa Kerroll Shelbi tomonidan imzolangan “tablichka” ham bor.

Mustang GT500’ga 500 ot kuchiga ega 5,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Avtomobilni xarid qilishni istaganlar 85 ming dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Gollivud aktyori Silvestr Stallone o‘zining shaxsiy Cadillac Escalade yo‘ltanlamasini 350 ming dollar evaziga sotuvga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQShda Elton Jonga tegishli bo‘lgan noyob Delahaye 175 kabrioleti sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют