» » Kanadalik dasturchi hayot mazmuni haqida suhbatlashsa bo‘ladigan sun’iy intellekt yaratdi

Kanadalik dasturchi hayot mazmuni haqida suhbatlashsa bo‘ladigan sun’iy intellekt yaratdi


Vankuverda Murat Ayfer ismli dasturchi falsafiy savollarga javob berib, hayot mazmuni haqida fikr yuritishga qodir sun’iy intellektni yaratdi, deb xabar beradi The Next Web.

Philosopher AI nomini olgan dastur Open AIGPT-3 neyroalgoritmi yordamida matnlarni tahlil qiladi va shundan so‘ng taklif etilgan mavzuni muhokama qiladi yoki berilgan savolga javob qaytaradi.

“Sun’iy intellekt-faylasufning javoblari har safar turlicha va bir-birga zid kelishi mumkin. U bilan xohlagancha suhbatlashsa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Dasturchining so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt o‘z g‘oyalarini generatsiya emas, balki shunchaki “bilim mavjudligini imitatsiya” qiladi.

Shu bilan birga, virtual faylasuf ayrim savollarni muhokama qilishdan bosh tortadi. Masalan, algoritm eng yomon din qaysi ekanligiga javob berishni istamaydi va o‘zi hamda dasturchi uchun ko‘ngilsizliklar olib kelish niyatida emasligini ma’lum qiladi.

Ayfer nima sababdan sun’iy intellekt ayrim savollarga javob qaytarmasligiga izoh bermagan, biroq tizimga ko‘proq shaxsiyatlarni va suhbat mavzularini qo‘shish niyatida ekanligini bildirgan. Dasturchi kelajakda loyihani biror o‘yinga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют