» » Amerikalik kelin-kuyov to‘y ziyofati o‘tkazish o‘rniga 135 nafar boshpanasiz ayol va bolalarni mehmon qildi

Amerikalik kelin-kuyov to‘y ziyofati o‘tkazish o‘rniga 135 nafar boshpanasiz ayol va bolalarni mehmon qildi


AQShning Ogayo shahrida yashovchi juftlik hashamatli to‘y o‘tkazish o‘rniga boshpanasiz ayol va bolalar uchun jami 2000 dollarlik oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ehson dasturxonini yozdi.

Qayd etilishicha, Melaniya va Tayler ziyofat, dijey va mahsulotlar yetkazib berishni o‘z ichiga oladigan 150 kishilik marosim uchun 2020-yilning avgustidan avval to‘lov qilib bo‘lgan. Lekin juftlik iyul oyining boshida mavjud koronavirus pandemiyasi sabab to‘y o‘tkazish uchun buyurtma berilgan joy yopiqligicha qolishi haqida bildirishnoma olgan.

Mahsulotlarga oldindan to‘lov qilingani sabab to‘y marosimi boshqa joyda o‘tkazilishi va mehmonlar taklif qilinishi ham mumkin edi, lekin hamma uchun ham oson olmagan bunday vaqtda yoshlar marosim o‘tkazishdan ko‘ra ehson dasturxoni tashkil qilishni ma’qul biladi.

Shundan keyin Melaniya va Tayler Klivlenddagi yolg‘iz va bolali ayollarga boshpana sifatida ma’lum bo‘lgan Laura’s Home bilan bog‘lanadi.

15-avgust kuni buvisining hovlisida oila a’zolari davrasida ixcham to‘y marosimi tashkil qilgan juftlik marosimdan keyin to‘y liboslarida niqob taqqancha Laura’s Home’dagilarga o‘z qo‘li bilan ovqat tarqatgan.

Qovurilgan tovuq, pishloqli makaron, loviya, kartoshkali salat va shokoladli kekslardan iborat dasturxonda ayol va bolalar ijtimoiy masofani saqlash maqsadida ikki smenada ovqatlangan.

“Shunchaki ovqatlarni ehson qilib, o‘zlari vaqtlarini chog‘ o‘tkazishi mumkin edi, lekin ular uchun kelish, barcha bilan tanishish va taomlarni o‘z qo‘llari bilan tarqatish muhim ekan”, — deydi Laura’s Home rahbari Rich Trikel.

Laura’s Home’da yuzida tabassum bilan qaragan bolalarni ko‘rgan va olqishlar bilan kutib olingan kelin-kuyov to‘g‘ri qaror qabul qilinganiga amin bo‘lgan.

Juftlik keyingi yillarda ham to‘y kuni sanasida xayriya fondiga pul o‘tkazish va ular uchun muhim bo‘lgan kunni shu tarzda nishonlashni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют