» » Bred Pitt va Anjelina Joli mojarosidan so‘ng farzandlar ilk bor otasinikida tunab qoldi

Bred Pitt va Anjelina Joli mojarosidan so‘ng farzandlar ilk bor otasinikida tunab qoldi


Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining farzandlari ajrashish jarayoni boshlangandan buyon ilk bor otasinikida tunab qoldi. Bu haqda In Touch Weekly xabar bermoqda.

Nashr manbasining ma’lum qilishicha, bolalar Pittning uyiga Joli tomonidan yollangan ikki enaga hamrohligida kelgan. “Dastlab Pitt enagalarning hozir bo‘lishiga qarshi bo‘ldi, biroq Enji bu psixoterapevtlarning tavsiyasi ekanligini ta’kidlagach, bunga rozi bo‘ldi”, — deya hikoya qiladi nashr manbasi. Enagalar bolalar bilan birga tunab qolgan.

Otasi bilan tushlik qilish davomida bolalarning har biri turlicha taom so‘ragan, biroq Pittning oshpazi ularning har biri ko‘ngliga yo‘l topgan.

Nashr uchrashuvga Pitt va Jolining katta o‘g‘illari Meddoks va Paks ham kelganligini ta’kidlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют