» » O‘zbekistonda akademik litseylarga saralash imtihonlari 7-sentabrdan 15-sentabrgacha o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda akademik litseylarga saralash imtihonlari 7-sentabrdan 15-sentabrgacha o‘tkazilishi mumkin


O‘zbekistondagi akademik litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish 2020-yilning 7-sentabrdan 15-sentabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejalashtirilgan. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev AOKA zalida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ayni taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritilgan. Imtihonlarining tartibi, akademik litseylar kesimida o‘tkazish muddati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Shuningdek, Babashev Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, yangi o‘quv yili ta’lim muassasalarida masofaviy tarzda boshlanishi, akademik litseylarda ham ta’lim jarayonlari 2-kurs o‘quvchilari uchun masofaviy tarzda boshlanishini bildirgan.

Avvalroq 11-avgustda matbuot kotibi litseylarga saralash imtihonlari 2-sentabrdan 20-sentabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlab ikki smenada stadionlarda o‘tkaziladi va 14 kun davom etadi. OTMlardagi ta’lim esa masofaviy shaklda boshlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют