» » Toshkent HyundaiAutoAsia uchinchi dilerlik markazi o‘zining ilk xaridorlarini qabul qildi

Toshkent HyundaiAutoAsia uchinchi dilerlik markazi o‘zining ilk xaridorlarini qabul qildi


O‘zbekistondagi Janubiy Koreyaning Hyundai avtobrendi yengil avtomobillarining eksklyuziv rasmiy distribyutori o‘z mijozlariga yana bir qadam tashladi.

Poytaxtning Sirg‘ali tumanida joylashgan dilerlik xizmati 3S formatidagi xizmatlarni taklif etadi: avtomobillar sotish, xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlarni sotish. Ko‘rgazma zalida yengil avtomobillar qatori namoyish etilgan: turli xil toplam va ranglar palitrasidagi Accent, Creta, Elantra, Tussan, New Sonata, SantaFe. Shuningdek, siz bu yerda lizingga mashina sotib olish uchun maslahat olishingiz va hujjatlarni rasmiylashtirishingiz, sinov -drayveri xizmatidan foydalanishingiz, shuningdek KASKO sug‘urta polisini sotib olishingiz mumkin.

“Bizning mashinalarimiz O‘zbekiston xalqiga yoqishidan xursandmiz va o‘z navbatida dunyo darajasida xizmat ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bizning dilerlik do‘konlarimiz shunday joylashganki, siz shaharning istalgan joyidan 15-20 daqiqada ozingizga yaqin joylashganiga yetib olishingiz mumkin, - dedi kompaniya direktori Aydin Kaimov, - Shuningdek, biz O‘zbekiston viloyatlarida dilerlik tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi kunda Buxoro, Namangan va Samarqand aholisi Hyundai rusumli avtomashinalarni o‘z shaharlaridan chiqmasdan turib sotib olishlari mumkin. Albatta, biz erishilgan yutuqlardan qoniqmaymiz va butun mamlakat bo‘ylab o‘zbekistonliklarga Hyundai rusumli avtomashinalarni haydash quvonchini tuhfa etishni istaymiz.”

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Toshkent City’da to‘rtinchi dilerlik markazini ochish rejalashtirilgan.

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li ko‘chasi, 68-uy

Telefon: +998 78 122 12 22

Bot: @hyundai_uzbot

Veb-site: http://hyundai-auto.uz

Facebook: https://www.facebook.com/Hyundaiuz

Instagram: https://instagram.com/hyundai.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют