» » Toshkentda “KAMAZ”ning yangi dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Toshkentda “KAMAZ”ning yangi dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi


Rossiyaning og‘ir avtomobil texnikasini ishlab chiqaruvchi yirik “KAMAZ” kompaniyasi Toshkentda yangi dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazini ochdi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

4-sentabr kuni Toshkentda avtomobil texnikasini, ularga asl texnik qismlarni sotish va avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi “KAMAZ” dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayta ochilgan markazni yaratish bo‘yicha kelishuvlarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga oliy darajadagi tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan.

“KAMAZ” brendi — Rossiyadagi yirik avtomobil korporatsiyasi hisoblanib, nafaqat MDH davlatlarida, balki dunyoning ko‘plab burchaklarida ham mashhur. Korporatsiyaning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 50 foizdan ortiq.

“Poytaxtimizda yangi xizmat ko‘rsatish va dilerlik markazining ishga tushirilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarning yana bir tasdig‘i bo‘lib, ‘KAMAZ’ avtomobillariga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish va asl ehtiyot qismlarni sotish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi, shuningdek, mintaqaning iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo‘shib, yangi ish o‘rinlarini yaratadi”, — dedi dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazi loyihasining direktori Javlon Halilov.

Hozircha markaz ta’mirlash uchun bir vaqtning o‘zida oltita avtomobilni qabul qila oladi. Yaqin kelajakda Toshkentda maydoni 2 gektarga teng bo‘lgan yana bir xizmat ko‘rsatish markazini ochish rejalashtirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют