» » Mustaqillik bayrami munosabati bilan telekanallar orqali 10 dan ortiq yangi o‘zbek filmi namoyish etiladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan telekanallar orqali 10 dan ortiq yangi o‘zbek filmi namoyish etiladi


O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi tomoshabinlarga bayram tuhfasi sifatida 10 dan ortiq badiiy, hujjatli va animatsion filmlarning milliy televizion namoyishini taqdim etadi. Ushbu aksiya “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tashkil etilayotgan“Cinema days” kino kunlari doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Mustaqillik bayrami kunlari “Tengiz”, “Avloniy” badiiy filmlari, “Qo‘qon shamoli” ko‘p qismli filmi, “Xalq yuragi”, “Bastakor”, “Suzuk ota”, “San’atdagi san’at”, “Film chizayotgan musavvir”, “Gumbaz ostidagi mo‘jizalar”, “Orol — dardim mening” hujjatli filmlari, “Avtosarguzashtlar”, “Samarqand noni”, “Zag‘cha”, “Qaldirg‘och bilan mayna”, “Charxpalak-3” va “Charxpalak-4” multfilmlarining milliy telepremyerasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 9-may kuni telepremyerasi bo‘lib o‘tgan “Ilhaq” badiiy filmi va iyun oyida premyera qilingan “Sabr-u sadoqat” seriali ham yana bir bor televideniye orqali namoyish etiladi.

Mansur Abduxoliqovning “Tengiz” badiiy filmi hozirda qoraqalpoq tiliga ham dublyaj qilinmoqda. Tez kunlarda ushbu filmning Qoraqalpog‘istonda ham katta premyerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yana bir film Dilmurod Masaidovning “Qo‘qon shamoli” kinoasari bo‘lib, uning taqdimoti 2019-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Endilikda “Qo‘qon shamoli” filmi asosida tomoshabinlar e’tiboriga 5 qismli serial taqdim etiladi. Katta namoyishi kutilayotgan filmlardan yana biri “Xalq yuragi” hujjatli filmi yosh rejissyor Shohrux Rasulov tomonidan suratga olingan. Hujjatli filmda Toshkentdagi Adiblar xiyoboni va u yerda haykallari o‘rnatilgan shoir va yozuvchilar haqida hikoya qilinadi. 2019-yil premyerasi o‘tkazilgan “Avloniy” filmi ham yuqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olgan. Film Tohir Malikning “Qaldirg‘och” asari asosida suratga olingan. Ssenariy taniqli adib Tohir Malik va Muqaddas Usmonova qalamiga mansub. Film rejissori Muzaffar Erkinov.

Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan filmlarning televizion premyeralari 29-avgust—5-sentabr kunlari davlat va nodavlat telekanallarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yangi ko‘rinishda ish boshlaydi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют