» » Rossiyalik bloger 10 ming litr Coca-Cola’ni suv bilan aralashtirdi. Natijada dunyodagi eng katta gazli favvora hosil bo‘ldi (video)

Rossiyalik bloger 10 ming litr Coca-Cola’ni suv bilan aralashtirdi. Natijada dunyodagi eng katta gazli favvora hosil bo‘ldi (video)


Rossiyada Maksim Monaxov ismli bloger (taxallusi — Mamix) 10 ming litr Coca-Cola’ni suv va uksus bilan aralashtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning natijasida “dunyodagi eng katta Coca-Cola favvorasi” paydo bo‘lgan. Monaxov ushbu tajribani o‘tkazishga 700 ming rubl (9200 dollar) sarflagan.

Avvaliga Mamix hamda uning yordamchilari chiqindixonaga borib u yerdan zanglab ketgan ulkan bochkani topgan. “Uni tozlash, keraksiz teshiklarini berkitish va oxir-oqibat zanglarini yo‘qotish uchun sayqallash kerak bo‘ldi”, — deydi Monaxov. Bochka “restavratsiyasi” uchun ikki kunga yaqin vaqt ketgan.

Shundan so‘ng Mamix va tajribaning boshqa ishtirokchilari keng dalaga yo‘l olgan (Coca-Cola uchun esa beshta furgon kerak bo‘lgan). Dastlab butilkadagi ichimlikning gazi chiqib ketmasligi uchun u qopqoqli ko‘k bochkalarga to‘kilgan. Shundan keyin ularning ichidagi suyuqlik katta bakka uzatilgan. Bakning ustki qismida uzun trubali rezervuar o‘rnatilgan bo‘lib, unda soda saqlangan.

Barchasi tayyor bo‘lgach, Coca-Cola suv hamda uksus bilan aralashtirilgan. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlangan: Monaxov hamda uning do‘stlari Cola yomg‘iri ostida qolgan. Video oxirida Mamix’ning aytishicha, mazkur tajribani o‘tkazish uchun to‘rt yil tayyorgalik ko‘rgan.

Mavzuga doir: Bloger pitssa tashuvchi mashinani dinamit yordamida kosmosga uchirishga urindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют