» » Komada ekani aytilgan Kim Chen In koronavirusga qarshi kurash va tayfun oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Komada ekani aytilgan Kim Chen In koronavirusga qarshi kurash va tayfun oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zining komada yotgani to‘g‘risida tarqalgan mish-mishlar fonida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Yig‘ilishda “global sog‘liqni saqlash inqirozi oqibatlarini bartaraf etish” bo‘yicha davlat siyosati masalalari, shuningdek, respublika chegaralarida koronavirusning oldini olish bo‘yicha mamlakat rahbariyatining kamchiliklari muhokama qilingan.

Bundant tashqari, uchrashuvda shu hafta Shimoliy Koreya qirg‘oqlariga yopirilishi kutilayotgan tayfunga qarshi turish bo‘yicha favqulodda choralar belgilab olingan.

Avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Kim De Chjunning maslahatchisi Chan Son Min KXDR yetakchisi bir necha oydan beri komada ekanligini ma’lum qilgandi. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra esa Kim Chen In o‘z vakolatlarining bir qismini singlisi Kim Yo Chjonga topshirgan.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya sobiq prezidentining yordamchisi Kim Chen In komaga tushgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprel oyi oxirida turli OAVlar Kim Chen Inning yuragi operatsiya qilingani va sog‘lig‘i yomonlashgani, hatto uning vafot etgani haqida xabarlar bergan. Bu xabarlar ortidan Shimoliy Koreyada hukmron Mehnat partiyasining matbuot organi bo‘lgan Rodong Sinmun gazetasi ommaga 20 kun ko‘rinmagan Kim Chen Inning o‘g‘it zavodi ochilishida tushgan fotosuratlarini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют