» » Ozbekistondagi barcha maktablarning xodimlari 1-oktabrgacha grippga qarshi emlanadi

Ozbekistondagi barcha maktablarning xodimlari 1-oktabrgacha grippga qarshi emlanadi


Ozbekistonda umumiy orta talim muassasalari xodimlari 1-oktabrga qadar grippga qarshi emlanadi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 26-avgust kuni imzolangan Aholini ijtimoiy qollab-quvvatlashga qaratilgan qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorda belgilangan.

Qaror bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq talimi vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Ozbekistondagi barcha umumiy orta talim muassasalari rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlarini markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktabrga qadar grippga qarshi emlash haqidagi taklifini maqullagan.

Sogliqni saqlash vazirligi har bir talim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash otkazishni va tegishli sogliqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan taminlash choralarini korsin, deyiladi qarorda. Emlash uchun zarur mablaglar Prezidentning 2020-yil 30-iyuldagi farmonida nazarda tutilgan va boshqa qoshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda 16 yoshga tolmagan 810 mingdan ortiq bolaga 500 ming somlik yordam puli beriladi

Avvalroq Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi, epidemiolog Rustam Ikromov aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boyicha chora-tadbirlar rejasi hukumatga taqdim etilgani, agar reja tasdiqlansa, sentabr oyidan emlash ishlari boshlanishini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattorova tuman hokimi rahbarligida otkazilgan yigilishda tuman aholisining kamida 70 foizini grippga qarshi ommaviy emlashga kelishib olinganini malum qilgan edi. Uning aytishicha, 2018 va 2019-yillarda Yunusobodda aholining faqat bir foizi grippga qarshi emlangan.

Mavzuga doir: Ozbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoshildi



Manba: Daryo.uz
: admin (26-08-2020, 20:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -