» » O‘zbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi

O‘zbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi


O‘zbekistonda ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yni saratonining oldini olishga qaratilgan Odam papillomasi virusiga qarshi vaksina joriy qilinmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi Kamola Safayevaning ta’kidlashicha, Dunyoda OPVga qarshi vaksina bilan qizlar 2006-yildan boshlab emlanadi.

Yuzdan ortiq mamlakatlar undan foydalanish uchun ruxsat olgan, ulardan 74 tasi vaksinani o‘zlarining milliy emlash kalendariga kiritgan. Ko‘p yillik o‘rganishlar vaksinaning samarasi 10 yildan ortiq ekanini ko‘rsatmoqda.

“Milliy emlash kalendari bo‘yicha yurtimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat hisobidan profilaktik emlanadi, ularni qo‘llash evaziga ko‘p yillardan buyon qator kasalliklarning oldi olinyapti”, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilorom Tursunova.

Joylarda Global vaksina va immunizatsiya alyansi yordamida qurilayotgan muzlatgichli omborlarda vaksinalar sifatli saqlanadi va tarqatiladi.

Vaksinalar joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga olib kelinadi va oktabr oyidan boshlab 400 ming nafarga yaqin 9 yoshli qizlar maktablarda va tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inlarida emlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют