» » O‘zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish uchun yangi vaksinani tatbiq etmoqda

O‘zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish uchun yangi vaksinani tatbiq etmoqda


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi JSST va UNICEF ko‘magida bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish va bu kasallikning O‘zbekistonda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yangi vaksinani tatbiq etdi. 4 oylik bolalarga qilinadigan inaktivlashtirilgan poliomiyelit vaksinasi (IPV) ushbu kasallikni dunyo miqyosida to‘xtatishga xizmat qiladi. Endilikda u O‘zbekistonning emlash dasturiga kiritildi, deb xabar beradi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxnasi matbuot xizmati.

“IPVning joriy etilishi mamlakatimizda poliomiyelitga qarshi kurash borasida  erishilgan salmoqli progressning natijasidir,” — deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. “Bu dunyoni ushbu dahshatli kasallikdan holi qilish tomon yana bir qadam qo‘yganligimizni va hamma uchun ushbu virusdan eng yaxshi himoyani ta’minlab berayotganimizni bildiradi”.

Hozirga qadar butun dunyoda poliomiyelitni bartaraf etish uchun olib borilayotgan harakatlar og‘izga tomchi orqali qilinadigan poliomiyelit vaksinasi (OPV) vositasida amalga oshirilar edi. Mazkur amaliyot virusning bir insondan boshqasiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik xislati tufayli dunyoda poliomiyelit bilan kasallanish holatlarini 99 foizdan ziyodga kamaytirishga yordam berdi. OPV’ning bir nechta dozasiga bitta IPV dozasini qo‘shish virusni to‘xtatish va bolalarni himoya qilishning eng samarali uslubidir.

Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy immunizasiya kalendariga asosan bolalarning 99 foizdan ziyodi hayotga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi emlangan.

“O‘zbekiston 2002-yilda poliomiyelitdan holi hudud maqomiga erishgan bo‘lsa-da, milliy immunizasiya kalendariga yangi vaksinaning kiritilishi mazkur kasallikning qaytadan paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish va hech bir bola falaj bo‘lmasligini ta’minlash tomon qo‘yilgan muhim qadamdir”, — dedi  UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Biz Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur vaksinaning ta’minotini yo‘lga qo‘yganligidan va ota-onalarni o‘z farzandlarini immunizatsiya kalendariga asosan  emlatishga chorlayotganidan mamnunmiz”.

“Muntazam immunizasiya jadvaliga IPVning birgina dozasi qo‘shilishi O‘zbekistondagi bolalarni poliomiyelit tufayli yuzaga keladigan umrbod falaj bo‘lib qolish ehtimolidan himoya qilishning eng yaxshi uslubi va ayni chog‘da, butun dunyoni poliomiyelitdan ozod qilish tomon qo‘yilgan muhim qadamdir”, — deb ta’kidladi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Lian Kuppens.

IPVning keng qamrovli joriy etilishi poliomiyelitni global miqyosda bartaraf etish hamda dunyodagi barcha bolalar vaksinalardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishlari uchun immunizasiya  tizimlarini kuchaytirish borasida erishilgan yutuqlarni mustahkamlash bo‘yicha global rejaning bir qismidir.

UNICEF va JSST hozirgi vaqtda O‘zbekiston hukumatiga milliy immunizasiya dasturini yanada mukammallashtirish va uning barqarorligini ta’minlash borasida ko‘mak bermoqda. Bu yangi vaksinalarni joriy qilish, vaksinalarni boshqarishni takomillashtirish hamda emlashni amalga oshiruvchi mutaxassislarning salohiyatini oshirish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sa’y-harakatlar, shuningdek, muntazam immunizatsiya uchun vaksinalar xarid qilishdagi yordamni hamda vaksinalarni tegishli sharoitda xavfsiz saqlab turuvchi “sovuq zanjir” deb nomlangan maxsus inshootlar va qurilmalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni ham o‘z ichiga oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют