» » Ozbekistonda sil kasalliklarini davolash samaradorligi 87 foizni tashkil etdi

Ozbekistonda sil kasalliklarini davolash samaradorligi 87 foizni tashkil etdi


Budapesht shahrida bolib otayotgan Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasida 53 ta azo davlatlar qatorida Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Ozbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Mazkur sessiyada JSSTning 20192023-yillarga moljallangan umumiy ish dasturi, Salomatlik-2020 siyosatini amalga oshirish, Yevropa mintaqaviy byurosiga azo davlatlar ortasida dori-darmon taminoti bilan bogliq aloqalarni yaxshilash kabi dolzarb mavzularda muhokamalar bolib otmoqda.

JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasida Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham maruza qildi.

Alisher Shodmonov oz nutqida Salomatlik 2020 siyosatini amalga oshirish doirasida Ozbekiston tibbiyotida olib borilayotgan islohotlar xususida alohida toxtalib otdi.

2012-yilda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 53 ta azo davlati qatorida Ozbekiston ham Salomatlik 2020 strategiyasini qollab-quvvatlagan edi. Ayni damda uning mavjud tort ustuvor yonalishi boyicha tizimli chora-tadbirlar olib bormoqda, dedi Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Aytish orinliki, Ozbekistonda ushbu xalqaro anjumanda muhokama etilayotgan dolzarb masalalardan biri sil kasalliklarini davolash boyicha yuqori natijalar qayd etilmoqda. Xususan, sil kasalliklarini davolash samaradorligi bugun 87 foizga yetkazildi.

Dunyoda ushbu korsatkich 85 foiz ekanini inobatga olsak, natija kolami yanada yaxshiroq anglashiladi, deyiladi xabarda.

JSST malumotiga kora, silga qarshi olib borilgan tadbirlarning natijalari boyicha Ozbekiston Respublikasi ftiziatriya xizmatining Yevropa hududidagi 53 mamlakat orasida kuchli uchtalikdan orin oldi.

 

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (12-09-2017, 14:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -