» » Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekiston aholisining 70 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan

Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekiston aholisining 70 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan


Toshkentda O‘zbekiston aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan seminarda BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari S. Saydaliyev va boshqalar tadbirda chiqish qildi. Ta’kidlanishicha, ichimlik suvi ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha muhim dasturlar va loyihalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida shahar va tumanlarda, jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanmoqda. Mamlakat aholisining 70 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Davlat rahbarining 21-apreldagi “2017–2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boragi ishlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunda xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlanmoqda.

BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan qabul qilingan Transchegaraviy suv irmoqlari va xalqaro ko‘llar konvensiyasidagi ichimlik suvi va salomatlik protokoli ham dunyo aholisini toza, sifatli va chuchuk ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yirik loyihalardan biri. Seminarda mazkur protokolning mazmun-mohiyati, unga a’zo bo‘lishning huquqiy asoslari va manfaatli imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Seminarda kichik hajmdagi ichimlik suvi ta’minotidagi ishlarni tashkillashtirish va suv sifatini yaxshilash borasida samarali usullarni ko‘rib chiqish, qishloq aholi yashash punktlariga toza ichimlik suvi yetkazib berishga doir taklif va mulohazalar bildirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют