» » O‘zbekiston qishloq va mahallalarida kanalizatsiya tizimlari tubdan yaxshilanadi

O‘zbekiston qishloq va mahallalarida kanalizatsiya tizimlari tubdan yaxshilanadi


O‘zbekiston Prezidenti 20-aprel kuni “2017—2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni va sharhi O‘zAda e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, birgina 2011—2016-yillarda O‘zbekistonda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kreditlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ko‘plab aholi punktlari talabga javob beradigan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olindi.

“Shu bilan birga, ayrim aholi punktlarini, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga oid qator muammolar hanuzgacha hal etilmasdan qolmoqda”, — deyiladi qaror sharhida.

O‘zbekiston Prezidentining “2017—2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ana shu muhim vazifalarni hisobga olgan holda qabul qilingan. Mazkur qaror bilan, xususan, quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:

10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilayotgan tumanlar va aholi punktlari bo‘yicha 2017—2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining yig‘ma va manzilli parametrlari;

20 ta ichimlik suvi ta’minoti obyektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan 2017—2021-yillarda mintaqalararo ahamiyatga molik ichimlik suvi ta’minoti tizimlari va o‘ta muhim obyektlarni barpo etish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dastur;

xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etgan holda, respublikamiz hududlarida 36 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadigan 2017—2021-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suvi tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi.

Dasturni 2017—2021-yillarda moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Idoralararo ishchi komissiyasi tasdiqlandi.

Shuningdek, qarorda “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, uning mablag‘lari O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga, respublikamiz aholisi, ayniqsa, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, qarorda ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlaridan yanada ishonchli foydalanish maqsadida har bir aholi punktidagi ichimlik suvi ta’minoti obyektlarini pasportlashtirish va ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish nazarda tutilgan.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi natijasida shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini tubdan yaxshilanishi; aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olishni mamlakat miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют