» » Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart, juma kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Uchrashuvda 20170—2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

OTB prezidenti samimiy qabul va o‘zaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют