» » O‘zbekistonda ilk bora bolalarni so‘roq qilish uchun Ichki ishlar vazirligida maxsus xona tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bora bolalarni so‘roq qilish uchun Ichki ishlar vazirligida maxsus xona tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida jinoyat guvohlari yoki jabrlanuvchilar bo‘lgan bolalarni tergov jarayonlarida himoya qilishni kuchaytirish maqsadida ilk bor ular uchun maxsus so‘rov xonasini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Mazkur xonada bolalarning yoshi va ruhiy holatini hisobga olgan holda ularni qo‘rqitmaydigan xavfsiz muhit yaratilgan. Maxsus xona ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslangan holda UNICEF ko‘magida tashkil etildi.

“Biz sud jarayonida ishtirok etayotgan bolalar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishlari yoki ruhan qiynalishlariga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shu bois, tergov jarayonida ishtirok etayotgan bolalarni himoya qilish chora-tadbirlarini ta’minlash uchun, shuningdek, jinoyat guvohlari va jabrlanuvchilar bo‘lgan bolalarni so‘roq qilishda ishtirok etgan tergovchilar bolalarga do‘stona munosabat tamoyillarini kundalik amaliyotda qo‘llashlari uchun harakat qilamiz”, — dedi O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Akromxon Boboxonov.

Tergov jarayoni davrida bolalarni himoya qilish muhitini yaratish, xususan, ruhiy bosimni kamaytirish maqsadida, bolalarni so‘roq qilish xonasi zamonaviy video va audio vositalari bilan jihozlangan. Bu so‘roqlarni qayta-qayta o‘tkazmaslikka, tergov jarayonida audio-video yozuvlardan dalil sifatida foydalanishga imkon beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jinoyat guvohlari va jabrlanuvchilar bo‘lgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.

O‘z faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta’minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida tashkilot o‘z hamkorlari bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют