» » O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri JSSTning silga qarshi kurash bo‘yicha global konferensiyasida qatnashmoqda

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri JSSTning silga qarshi kurash bo‘yicha global konferensiyasida qatnashmoqda


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Moskvada o‘tkazilayotgan “Barqaror taraqqiyot davrida silni to‘xtatish: ko‘p tarmoqli yondashuv” mavzusida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning vazirliklar darajasidagi birinchi global konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

16-noyabr kuni ish boshlagan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘zga chiqib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarixida birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro anjuman JSSTga a’zo davlatlar orasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida silga qarshi samarali kurash tizimini tashkil etishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda jahonning 40 dan ziyod davlatlarining sog‘liqni saqlash vazirlari, BMTning rivojlanish masalalari bo‘yicha muassasasi va hududiy organlari rahbar xodimlari, sil kasalliklari bilan ishlovchi nodavlat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xayriya fondlari vakillar ishtirok etmoqda.

“Xalqaro anjumanning birinchi kunida so‘zga chiqqan vakillar silga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yuqori baholadi”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

BMTning OIV/OITS masalalari bo‘yicha qo‘shma dasturi ijrochi direktori Mishel Sidibe, BMTning sil kasalligi masallari bo‘yicha maxsus elchisi Erik Gusbi sil kasalligi va OIV infeksiyasini davolash, oldini olishda milliy tajriba bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasi uchun O‘zbekistonda xalqaro anjuman o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют