» » AQShda yo‘ldagi kameralar ishidagi xatolikni aniqlagan fuqaro jarimaga tortildi

AQShda yo‘ldagi kameralar ishidagi xatolikni aniqlagan fuqaro jarimaga tortildi


AQShda svetoforlar ishlash algoritmiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Adolat instituti sayti xabar bermoqda, deb yozadi «Motor».

Shvetsiya Harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan Mets Yarlstrom svetofor signallari va qoidabuzarliklarni qayd etuvchi yo‘l kameralari aloqasida nomuvofiqlikni aniqladi.

Oregon shtatida istiqomat qiluvchi Yarlstrom o‘z tadqiqotlarini bir necha yil avval boshlagan. Bunga svetoforning taqiqlovchi signalida chorrahadan o‘tgan rafiqasining jarimaga tortilishi sabab bo‘lgan. U sariq va qizil signallar yonish algoritmini o‘rgana boshladi va svetoforlar ishlash sxemasi 1950-yillarning oxirida ishlab chiqilganligi va hanuzgacha qo‘llanishini aniqladi.

Yarlstromning fikricha, qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar paydo bo‘lgandan so‘ng algoritm o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan. Tizim chorrahani qizilda kesib o‘tayotgan (jumladan, to‘g‘ri harakatlanayotgan) mashinalarni aniqlashga sozlangan. Biroq u avtomobil o‘ngga buriladigan vaziyatlarni hisobga olmaydi.

Haydovchi chorrahaga yaqinlashayotib ogohlantiruvchi sariq rangni ko‘rsa sekinlashib, to‘xtash chizig‘ida to‘xtashi lozim. Biroq Yarlstromning fikricha, agar haydovchi bu paytda burilsa, u chorrahada qizil chiroq yongan paytda paydo bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchi svetoforning sariq rangi uzoqroq yonishi kerak deb hisoblaydi. Shunda yo‘lga ruxsat beruvchi signalda chiqib, qizil chiroq yonguncha harakatlanishini to‘xtata olmaganlar jarimaga tortilmaydi.

Yarlstrom svetoforlar ishlashining o‘z algoritmini ishlab chiqdi va uni shtat rasmiylariga yetkazishga urindi. Bundan tashqari, u Oregon shtati Muhandislik va yet tuzish ekspertlar kengashiga murojaat qildi. Kengash uning taklifini ko‘rib chiqdi hamda uni 500 dolar jarimaga tortdi. Tadqiqotchi litsenziyasiz muhandislik amaliyotida ayblandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют