» » Markaziy bank raqamli “Anor bank”ka litsenziya berdi

Markaziy bank raqamli “Anor bank”ka litsenziya berdi


O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “Anor bank” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank raqamli bank — “Anor bank” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani mart oyida bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ilk bor “raqamli bank” tushunchasini 2018-yildayoq qonunchilikka kiritgan edi. Unga ko‘ra, raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.

Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib-qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: TBC Bank nima sababdan O‘zbekistonda birinchi raqamli bank ochmoqchi ekanligiga tushintirish berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют