» » O‘zbekistonda pandemiya vaqtida bo‘shab qolgan 85 deputatlik o‘rni uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida bo‘shab qolgan 85 deputatlik o‘rni uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi


Koronavirus pandemiyasi davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1 nafar, Senatda 5 nafar, mahalliy kengashlarda 109 nafar, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari bo‘yicha 24 nafar, tuman va shahar kengashlari bo‘yicha 85 nafar deputatlik o‘rinlari turli sabablarga ko‘ra bo‘shab qolgan, deb yozmoqda O‘zA.

Xabarda qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan majlisida “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror muhokama qilingan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov nizomni ishlab chiqish jarayonida xorijiy davlatlarida bo‘lib o‘tgan saylovlar jarayonlari, ularda qo‘llanilgan amaliy tajriba chuqur o‘rganilganini ta’kidlagan.

Majlisda bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etadigan yurtdoshlarimizning salomatligini muhofaza qilish asosiy e’tiborda bo‘ladi. Saylovlarning xavfsiz, qonunchilik talablariga muvofiq ochiq va oshkora o‘tkazish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

“Saylovni o‘tkazish muddatini belgilash haqidagi qaror koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy (shahar, tuman) maxsus komissiyasi vakillari ishtirokida muhokama qilinib, keyin qabul qilinadi.

Saylovga oid qaror qabul qilinishidan avval ushbu saylov okrugi hududining epidemiologik xaritasi ishlab chiqiladi hamda Maxsus komissiyaning xulosasi olinadi. Epidemiologik holat haqidagi xulosaga ko‘ra, saylovni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas, deb topilsa, saylovni o‘tkazish muddatini belgilash epidemiologik osoyishtalik qaror topganidan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 5 kun qolganida boshlanib, bir kun qolganida yakunlanadi. Saylov byulletenlari dezinfeksiya qilinadi va maxsus kiyimlar bilan himoyalangan holda yetkaziladi.

Ovoz berish binosini dezinfeksiya ishlari ovoz berishgacha va undan so‘ng ham amalga oshiriladi. Ovoz berish binosi dezinfeksiya qilinganidan so‘ng ushbu binoga ovoz berish vaqtigacha kirish taqiqlanadi.

Saylovchilar saylov uchastkasiga tibbiy niqob taqqan holda yetib keladi va saylov binosiga kirishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan berilgan yangi niqobga almashtiradi, ishlatilgan niqobni maxsus idishga tashlaydi. Saylov uchastkasiga kirishda saylovchilarning oraliq masofasi kamida 2 metrni tashkil qilishi shart.

Ovoz berish xonasiga kirgunga qadar saylovchilarning harorati o‘lchanadi. Qo‘llariga dezinfeksiya qiluvchi suyuqlik sepiladi va har biriga tibbiy (vinil, lateks) qo‘lqoplar beriladi. Tana harorati 37 gradusdan yuqori bo‘lgan hamda kasallik alomatlari bo‘lgan saylovchilar ovoz berish binosiga kiritilmaydi.

Saylovchi saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yish, saylov byulletenini olish va unga belgi qo‘yishda tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi shart.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va tegishli hududiy komissiyalar raislari, sog‘liqni saqlash, siyosiy partiyalar, hokimliklar mas’ul xodimlari ishtirok etgan videoanjumanda muhokama qilingan qaror bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

Pandemiya sharoitida saylovlarni betalafot o‘tkazishga qaratilgan qarorda belgilangan qoidalarga to‘liq rioya etilishi saylovchilarning salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan”, – deyiladi O‘zA xabarida.

Avval Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan 5 ta deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: YXHT: O‘zbekistonda 2019-yili o‘tkazilgan parlament saylovlari haqiqiy raqobatni namoyish etmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют