» » Vladimir Putin Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat xolis taftish qilinishi tarafdori ekanini bildirdi

Vladimir Putin Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat xolis taftish qilinishi tarafdori ekanini bildirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi va og‘ir ahvolda shifoxonaga tushishi, keyinchalik Germaniyadagi klinikada davolanishi bilan bog‘liq vaziyatning xolis tekshirilishi tarafdori ekanini ta’kidladi. U bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan telefon suhbatida ma’lum qilgan.

Suhbat davomida Putin Navalniyning shifoxonaga tushishi bilan bog‘liq vaziyatda shoshma-shosharlik va asoslanmagan fikrlar bilan xulosa qilmaslik lozimligini qayd etgan.

Kreml axborot xizmatining xabarida “A.Navalniy” jumlasi ilk bora rasmiy shaxs sifatida ishlatilgani aytilmoqda. Avval ham Navalniy familiyasi Rossiya prezidenti rasmiy saytining 23 ta materialida eslab o‘tilgan: Putinning gaplaridan iqtibos keltirgan jurnalistlar tomonidan siyosatchi ko‘pincha familiyasi bilan yodga olingan va uning ismi prezident gapirgan so‘zlarda uchramas edi.

Aleksey Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda ahvoli yomonlashganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatchi zaharlangan, deb taxmin qilmoqda.

Navalniy qariyb ikki sutka davomida Omksdagi klinikada yotdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Omskdagi klinika shifokorlari ikki sutka davomida uni olib ketishga ruxsat berishdan bosh tortdi va buni bemorning ahvoli barqaror emasligi bilan tushuntirdi.

Germaniya hukumati rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy katta ehtimol bilan zaharlangan, deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qilgan. Keyinchalik siyosatchi davolanayotgan “Sharite” klinkasi Aleksey Navalniyni zaharlashganini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют