» » Germaniya hukumati Aleksey Navalniyning zaharlanganini ta’kidlamoqda

Germaniya hukumati Aleksey Navalniyning zaharlanganini ta’kidlamoqda


Germaniya hukumati rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy katta ehtimol bilan zaharlangan, deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Zaybertning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati rasmiy darajada Navalniyni taklif qilmagan, biroq uning mamlakatga olib kelinishiga yordam bergan.

Aleksey Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda ahvoli yomonlashganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatchi zaharlangan, deb taxmin qilmoqda.

Navalniy qariyb ikki sutka davomida Omksdagi klinikada yotdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Omskdagi klinika shifokorlari ikki sutka davomida uni olib ketishga ruxsat berishdan bosh tortdi va buni bemorning ahvoli barqaror emasligi bilan tushuntirdi. Navalniyning yaqinlari fikricha, bu ish ataylab, uning organizmidagi zaharli modda izlarini yo‘qotish uchun qilingan.

Navalniyga qo‘yilgan tashxis haligacha noma’lum. Omskdagi klinika shifokorlarining ma’lum qilishicha, tashxis bemorning qarindoshlariga tushuntirilgan, uning tahlil natijalarida zaharli moddalar aniqlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют