» » Lister Stealth Buyuk Britaniyadagi eng kuchli va tezkor krossoverga aylandi (foto)

Lister Stealth Buyuk Britaniyadagi eng kuchli va tezkor krossoverga aylandi (foto)


Lister Motor Company Buyuk Britaniyadagi eng tezkor va kuchli hisoblanayotgan Lister Stealth’ni namoyish etdi. U chuqur modernizatsiyaga uchragan Jaguar F-Pace SVR hisoblanadi, deb xabar beradi CARakoom.

F-Pace SVR Buyuk Britaniyaning eng tezkor krossoveriga aylanishi uchun unga 5,0 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. U 666 ot kuchi va 881 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir — bu standart modeldan 22 foizga ko‘p demak.

Lister Motor Company mutaxassislari dastlab dvigatel ichidagi harorat rejimini optimizatsiya qilish uchun yangi interkuller va havo filtri o‘rnatgan. Silindrlarga havo ko‘proq kirishi uchun uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g‘ildiraklar o‘zgartirilgan. Yakuniy bosqichda krossover firmaning dvigatelni boshqarish blokiga ega bo‘lgan.

Model soatiga 100 kilometr tezlikka 3,6 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 313 km/soatga teng. Bu kabi ko‘rsatkichlar uni nafaqat eng tezkor, balki bugungi kundagi eng kuchli krossoverga aylantiradi.

Stealth tashqi ko‘rinishi bilan ham qator yangiliklarga uchragan. Karbonli yangi old bamper ikki barobar kattaroq havo haydagichga ega bo‘lgan, old splitter esa tezlik vaqtida ko‘proq bosuvchi kuchni yuzaga keltiradi.

Bundan tashqari, modelga 23 dyuymli Vossen diskalari o‘rnatilgan, saloni Nappa tabiiy charmi bilan qoplangan. Mijozlarga 36 rangdagi salon qoplamalari taqdim etiladi.

Lister Stealth krossoverlaridan jami 100 nusxa yaratishni rejalashtirmoqda. Uning narxi 109 950 funt sterlingdan boshlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют