Taniqli aktyor Fathulla Ma’sudov koronavirusga chalingani hamda uning ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirmoqda. 27-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lumot tarqaldi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasida folloverlaridan Fathulla Ma’sudov tuzalib ketishi uchun duo qilishni so‘radi.
Азизларим, кушгани билан куша кари, дарду балолардан асрасин, кариндошда кайгу булмасин, деб дуо килишади кексаларимиз. Бу сузларнинг асл маъносини яхширок тушуниб турибман шу кунлар. Хамма хам болаларига бош булиб, куша-кариб, кексайиб юрсин экан. Сизларга аввал хам абу Хабибуллох хакига дуо сураб мурожаат килгандим. Поччам Фатхулла Масудов пневмониянинг огир формасини бошларидан утказяптилар. Аллохдан тез орада согайиб кетишларини сураб, сизлардан эса дуода булишингизни илтимос килиб коламан. Бегубор, мехрибон, жигаржон, самимий поччамга Аллох комил шифо берсин. Амин. Хайрли соглик берсин. Дуоларингизни айяманглар азизларим ????????????????????????????????????????
Shoir Muhammad Ismoilning yozishicha, Fathulla Ma’sudovning ahvoli og‘ir.
Ma’lumot uchun, Fathulla Ma’sudov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Eshitishimga qaraganda, do‘stimiz Fathulla Ma’sudov og‘ir ahvolda ekan. Do‘stim, iloho umringiz uzoq bo‘lsin! Sog‘-salomat o‘ynab kulib keting! Sizni butun O‘zbekiston sevadi!”, — deb yozdi Muhammad Ismoil.
Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etdi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
