» » O‘zbekiston markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

O‘zbekiston markaziy dehqon bozorlaridagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 25-avgust kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 40 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (40 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 85 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (45 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (85 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kilogramm)

Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 900 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kilogramm)

Piyozning minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (900 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da (1 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 500 so‘mdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)

Shakarning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют