» » Foto: Nostandart tashqi qiyofaga ega Gollivud yulduzlari va ularning farzandlari

Foto: Nostandart tashqi qiyofaga ega Gollivud yulduzlari va ularning farzandlari


Quyidagi yulduzlar tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lmasa ham o‘z mahorati va ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olishga erishgan. Professional ijrosi va nostandart ko‘rinishi bilan ajralib turadigan mashhurlar farzandlarining ko‘rinishi qanday?

Yuzidagi shafqatsiz ifoda va jinoiy o‘tmishi sabab kino olamiga qadam qo‘ygan Denning farzandlari boshqa yo‘lni tanlagan. O‘g‘li onda-sonda kichik rollar ijro qilib turishiga qaramay, asosiy faoliyati rejissorlik hisoblanadi. Qizi Daniel esa biznes bilan shug‘ullanadi, unga qarashli bir qancha liboslar do‘koni mavjud.

Jerar Depardyo. Qizi Jyuli — aktrisa

Eng mashhur fransuz aktyorlaridan biri bo‘lgan Jerar o‘ziga xos rollari bilan nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda taniqli hisoblanadi. Uning qizi Jyuli ham ota kasbni tanlagan va faqatgina fransuz filmlarida suratga tushgan. U Yevropa kinofestivallarida bir necha marta mukofot qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Rouen Atkinson. Qizi Lili — xonanda va raqqosa

Mazkur ingliz aktyori “Mister Bin” sifatida katta-yu kichikka yaxshi tanish. Boshqa shou-biznes vakillari singari Atkinsonning farzandlari aktyorlik yo‘lidan ketmagan. Qizi Lili raqs bilan professional ravishda shug‘ullanadi va estradali kafeda qo‘shiq ijro qiladi.

Denni De Vito. O‘g‘li Deniel va qizi Lyusi — aktyor

Gollivud komediyalari yulduzi hech qachon shaxsiy hayotini berkitmaydi va farzandlari muvaffaqiyati bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishib turadi. Aktyorning qizi otasi izidan ketgan va u singari komik filmlarda rol ijro qiladi. Otasi bilan birga suratga tushgan filmlari ham yo‘q emas. Qizidan farqli o‘laroq o‘g‘li Deniel jiddiy janr — hujjatli filmlarni tanlagan.

Devid Boui. O‘g‘li Zloui — rejissor

Rok yulduzi Devidning aktyorlik mahorati ham chakki emas. Uning arsenalida 30 dan ortiq filmlar bor. Filmlarda epizodik rollar ijro qilganiga qaramay, kinoprodyusserlar bilan do‘stona aloqasi yaxshi bo‘lgani sabab o‘g‘li faoliyatini kino bilan bog‘lashni istagan. Zloui otasining yordamisiz mustaqil ravishda rejissor bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Otasining mashhurligi ortidan tanilmoqchi degan gap-so‘zlarni eshitishni istamagan Zloui ismini Dankan Jonsga o‘zgartirgan hatto. Rejissor sifatida suratga olgan “Dastlabki kod” va “VarKraft” filmlarini omadli chiqqan desa ham bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют