» » Olimlar kunduzgi uyqu o‘lim xavfini oshirishini aniqladi

Olimlar kunduzgi uyqu o‘lim xavfini oshirishini aniqladi


Kunduzgi uyqu bevaqt o‘lim xavfini oshiradi, deb xabar beradi MedicalXpress.

Guanchjou Tibbiyot universiteti olimlari kunduz kuni bir soat mizg‘ib olish ham o‘lim xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi.

Mutaxassislar mizg‘ib olish va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida yuzaga keladigan o‘lim xavfi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aniqlashda 20 dan ortiq ilmiy ishlardagi 313 651 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning 39 foizga yaqini kunduz kuni muntazam mizg‘ib turgan. Olimlarning aniqlashicha, kunduz kuni 60 daqiqadan ko‘proq uxlash barcha sabablardan tashqari o‘lim xavfini 30 foizga va yurak-qon tomir kasalliklari holatida 34 foizga oshiradi.

Bundan tashqari, davomiyligi qancha bo‘lishidan qat’i nazar kunduzgi uyqu o‘lim xavfini 19 foizga oshiradi, mazkur bog‘liqlik ayollarda ko‘proq aniqlangan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, kunduzgi qisqa uyqu (60 daqiqagacha) kechasi yomon uxlaydiganlarning yurak-qon tomir tizimi holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют