» » Hyundai motorsiz “sovundon-mashina”ni namoyish etdi

Hyundai motorsiz “sovundon-mashina”ni namoyish etdi


Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Soapbox yoki “Sovundon” nomli avtomobili tizerini namoyish etdi. Marka uchun noodatiy transport vositasi dvigatelsiz burchakli minikar hisoblanadi, deb xabar beradi Motor.

Hyundai’ning Yevropa dizayn markazida yaratilgan Soapbox chetlari o‘tkir qora-sariq kuzov, kengaytirilgan g‘ildirak bazalari va kichik bo‘yli bo‘ladi. Noodatiy yangilikda Hyundai’ni yon tarafidagi logotipdan ajratib olish mumkin.

Burchakli shtampovka markaning bir yil oldin taqdim etilgan 45 EV retro-uslubidagi elektrokar konseptidan olingan. O‘z navbatida uning tashqi ko‘rinishi o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqarilgan ilk Hyundai modellaridan ilhomlanilgan.

Hyundai Soapbox’ga dvigatel o‘rnatilmagan — boshqa motorsiz minikarlar kabi u ham balandlikdan pastga tushishdagi gravitatsiya hisobiga harakatlanadi. G‘arbda bu kabi mashinalarni “sovundon” deb atashadi, chunki ularni yaratishda ko‘pincha sovun yoki olmalarning yog‘och qutilaridan foydalanilgan bo‘lib, ularga rolikli konkilarning g‘ildiraklari o‘rnatilgan.

Avvalroq Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют