» » Hyundai Santa Fe yangi Mersedes-Benz S-Class uslubidagi salonga ega bo‘ladi

Hyundai Santa Fe yangi Mersedes-Benz S-Class uslubidagi salonga ega bo‘ladi


Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan yangilangan Hyundai Santa Fe o‘zgacha old panelga ega bo‘ladi. Bu haqda internetda tarqlagan suratlarga tayanib, Motor xabar berdi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Hyundai Santa Fe’ning old paneli to‘liq o‘zgarishga uchragan. Markaziy deflektorlar yuqoriga ko‘tarilgan, ularning o‘rnida esa vertikal sensor displey paydo bo‘ladi. Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning arxitekturasi ham xuddi shu kabi ko‘rinishga ega. Uning ham tashqi ko‘rinishi va interyerining suratlari premyeradan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi.

Hozirgi Hyundai Santa Fe’ning Xitoydagi premyerasi Guanchjoudagi avtosalonda 2018-yili bo‘lib o‘tgandi. Krossover tashqi ko‘rinishi jihatdan global modelga o‘xshaydi, biroq uning g‘ildiraklar bazasi 100 millimetrga, umumiy uzunligi esa 160 millimetrga uzaytirilgan. Sante Fe orqa tomondan C ga o‘xshash fonarlari va yon tomonidan o‘tgan to‘g‘ri bel chizig‘i bilan ajralib turadi. Lokal krossoverning o‘ziga xosligi — haydovchining barmoq izi orqali ishlaydigan biometrik identifikatsiya tizimiga ega ekanligida.

Xitoy bozoriga mo‘ljallangan Hyundai Santa Fe’ga 245 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor o‘rnatilgan bo‘lib, u sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Krossoverlar BAIC Motor va Hyundai Motor Company qo‘shma korxonasiga qarashli Beijing Hyundai zavodida ishlab chiqariladi.

Mavzuga doir: Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют