» » Hyundai germaniyalik raqobatchilari “aqlsiz” texnologiyalar bilan shug‘ullanadi, deb hisoblaydi

Hyundai germaniyalik raqobatchilari “aqlsiz” texnologiyalar bilan shug‘ullanadi, deb hisoblaydi


Hyundai kompaniyasi BMW va Mercedes-Benz singari premial brendlar zamonaviy texnologiyalarga qiziqish bildirayotganini “aqlsizlik” deb hisoblaydi. Bu haqda BMW M’ning sobiq rahbari, bugun Janubiy Koreya markasining sport bo‘linmasi — Hyundai N’ga boshchilik qilayotgan Albert Birman Drive nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi Motor nashri.

“Bizda pnevmatik ilgak, faol stabilizator yoki yo‘lni ‘his qiladigan’ kamera yo‘q. Buning bari ahmoqlik. Lekin bizda mustahkam platforma, mashinalarimiz raqobatchilarimiznikidan og‘irroq bo‘lsa ham, tonnalab yuqori mustahkamlikdagi po‘lat, boshqariladigan amortizatorlar bor. Va shuning o‘zi yetadi”, — dedi Birman.

Top-menejerning so‘zlariga qaraganda, lyuks segmentidagi ko‘pchilik texnologiyalar marketing va OAVda “shovqin ko‘tarish”dan boshqa narsa emas.

“Ularning ko‘pchiligi ishlatilmaydi, buzilgan taqdirda esa xaridorlar uchun og‘ir yukka aylanadi”, — qo‘shimcha qildi Hyundai vakili.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 1) ( 64) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...