» » Xitoyda o‘zini Hyundai vakillari sifatida ko‘rsatib kelgan firibgarlar hukumatdan 87 mln dollar olishga muvaffaq bo‘ldi

Xitoyda o‘zini Hyundai vakillari sifatida ko‘rsatib kelgan firibgarlar hukumatdan 87 mln dollar olishga muvaffaq bo‘ldi


Firibgarlar Shimoliy Xitoydagi Xebey provinsiyasi, Xandan shahar okrugi rasmiylariga o‘zini Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi vakillari sifatida ko‘rsatib, 87 million dollar olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Global Times nashriga ko‘ra, firibgarlar Gonkongda kapitali atigi 50 ming mahalliy dollar bo‘lgan Hyundai RNC Investment Group kompaniyasini ta’sis etgan. 2009-yilda ular Xandan mansabdorlariga mazkur shahar okrugiga investitsiyalar jalb etish bo‘yicha loyihani taqdim qiladi. 2011 va 2013-yillarda esa rasmiylar kompaniyaga 600 million yuan (87,3 million dollar atrofida) mablag‘ ajratadi.

Firibgarlarning developerlik loyihasi 666 ming kvadrat metr maydonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, shuningdek, Hyundai xalqaro ko‘rgazma avtomarkazini barpo etishni ko‘zda tutgandi. 8 yil davom etgan hamkorlik mobaynida mansabdorlar kompaniya chindan ham Hyundai’ga tegishli ekanligini tekshirib ko‘rishga harakat qilmagan.

Hozirda kompaniyaning Xandandagi barcha loyiha va aktivlari muzlatilgan, Janubiy Koreya kompaniyasining Pekindagi haqiqiy vakolatxonasi esa ushbu mintaqaga investitsiya kiritmaganligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют