» » Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng chiroyli goli aniqlandi (video)

Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng chiroyli goli aniqlandi (video)


UEFA Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng chiroyli gollari reytingini e’lon qildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning 1/8 final javob o‘yinida “Lion” (2:1) darvozasiga urgan ikkinchi goli mavsumning eng chiroyli goli deb topildi.

Ikkinchi o‘rindan “Leypsig” yarim himoyachisi Marsel Zabitserning guruh bosqichida “Zenit”ga (2:1) urgan goli joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin “Yuventus” yarim himoyachisi Xuan Kuadradoga nasib etdi.

Shuningdek, kuchli beshlikdan “Barselona” hujumchisi Luis Suares va “Bavariya” futbolchisi Serj Gnabrining gollari o‘rin oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют