» » Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan ichimlik suvi obyektlarini tiklash uchun qariyb 130 mlrd so‘m ajratildi

Sardoba suv toshqinida zarar ko‘rgan ichimlik suvi obyektlarini tiklash uchun qariyb 130 mlrd so‘m ajratildi


AOKA shtabida 27-avgust, payshanba kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov Sardoba fojiasidan zarar ko‘rgan tumanlarda ichimlik suvi inshootlarini tiklash uchun amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

“Karantin sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishda o‘ta muhim bo‘lgan toza ichimlik suvi bilan talafot natijasida zarar ko‘rgan markazlashgan ichimlik suvi obyektlari qayta tiklanmagunicha zarar yetgan aholi punktlariga 53 ta maxsus suv tashish transporti yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimini qayta tiklash uchun 16 ta loyiha doirasida diametri 50 millimetrdan 450 millimetrgacha bo‘lgan 103,3 kilometr magistral va ichki ichimlik suv tarmoqlari tortildi, 18 ta suv inshooti rekonstruksiya qilindi va qurildi, 4 ta oqova suv tozalash inshooti qurildi hamda 15 kilometr oqova suv tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, 332 ta kuzatuv va abonent qudug‘i, 36 ta energiya tejamkor nasos uskunasi o‘rnatildi, 8 ta suv minorasi va tik quduq qurish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Ushbu maqsadlarda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 129,7 milliard so‘m, shu jumladan, 65,5 milliard so‘m ichimlik suv inshooti va tarmoqlari rekonstruksiyasiga va 64,2 milliard so‘m yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning ichimlik va oqova suv inshooti va tarmoqlari qurilishi uchun ajratildi.

Bajarilgan ishlar natijasida 31 200 dan ortiq aholi toza ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Shundan 16 000 ga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi. Oqova suv xizmatlari bilan 15 200 dan ortiq aholi qamrab olindi. 470 tadan ortiq xonadon ichimlik suviga ulandi va xonadonlarga suv hisoblagich uskunalari o‘rnatilmoqda.

Barcha obyektlarda o‘rnatilgan asbob-uskuna va jihozlarni qurilgan inshootlar bilan birga kompleks (quvurlarni gidravlik) sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar pudratchi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda”, — deya ma’lumot berdi Ahmedov.

Avvalroq davlat budjetidan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash uchun jami 1,5 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish belgilangani, shuningdek, Sardobadagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlashga salkam 30 milliard so‘m sarflangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют