» » Popda 30 ming kishi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Popda 30 ming kishi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi


Namanganda “Qishloqichimliksuvta’minot” MChJ tomonidan Pop tumanidagi 11 ta mahalla hududiga toza ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha ish boshlab yuborildi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Temurmalik Vohidov ma’lum qildi.

“Jiydali soy” suv omboridan tumandagi Mirishkor, G‘urumsaroy, Yangiyer, Ittifoq, Bog‘, Toshqo‘rg‘on, Tepaqo‘rg‘on, Yangiobod, Birlashgan, Vodiy, Yangichek mahallalalari aholisini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha amalga oshgach, 5880 xonadon, 30 mingdan oshiq kishi ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanadi.

“Qishloqichimliksuvta’minot” MChJ rahbari Olimjon Sharipovga ko‘ra, 5,7 milliard so‘m evaziga amalga oshirilayotgan loyiha joriy yil Navro‘z bayramiga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (3-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют