» » Buloqboshi tumanida yangi suv taqsimlash inshooti foydalanishga topshirildi

Buloqboshi tumanida yangi suv taqsimlash inshooti foydalanishga topshirildi


Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasiga qarashli suv taqsimlash inshooti foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Joriy yilda viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 44 milliard so‘m bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi Just Moment MChJ tomonidan “Munduz-Sanoat” suv tarmog‘i loyihasi doirasida olib borilgan qurilish ishlariga qariyb 7 milliard so‘m sarflandi, 14 kilometr masofaga suv quvuri tortildi. Bu Buloqboshi tumanidagi “Istiqlol”, “Neftchilar”, “Sanoat”, “Balandchek” mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini berdi.

“Mahallamiz aholisi uchun ichimlik suvi bir necha kilometr uzoqdan transportda tashib kelinar edi. Yangi suv taqsimlash inshooti barpo etilishi bilan ushbu muammo to‘la-to‘kis hal etildi. Bundan yoshu keksa, ayniqsa, ayollarimiz nihoyatda xursand”, – deydi “Sanoat” mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Muhammadjon Yo‘ldoshev.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют