» » Roppa-rosa 9 yil avval Ruslan Chagayev va Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tgandi

Roppa-rosa 9 yil avval Ruslan Chagayev va Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tgandi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA sobiq chempioni Ruslan Chagayev bundan roppa-rosa 9 yili avval rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko‘tarilgandi.

2011-yilning 27-avgustidagi jang WBA’ning vakant kamari uchun kechgandi. Jang avvalida rossiyalik bokschi kuchli pressing amalga oshiradi va ko‘plab zarbalar yo‘llaydi.

6-raundga qadar Povetkin ustunlikka ega bo‘ladi va ochkolar hisobida yaqqol oldinga chiqib oladi. Shundan keyin Chagayev vaziyatni o‘z nazoratiga oladi. O‘zbekistonlik bokschining zarbalari borgan sari aniq va ta’sirga ega bo‘lib boradi. Biroq Chagayev tez charchab qoladi va 11-raund avvalida ustunlik yana Aleksandr tomoniga o‘tadi.

So‘nggi raundda Ruslan biroz o‘ziga keladi va aniq zarbalarda raqibidan ko‘ra faolroq bo‘ladi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Povetkinni g‘olib deb e’lon qiladi: 116—112, 117—113, 117—113.

Shundan keyin Chagayev ketma-ket yettita jangda g‘alaba qayd etadi va ularning birida WBA kamariga ega chiqadi. 2016-yilning martida yengilmas Lukas Braunga kamarni boy bergan Ruslan boksdagi faoliyatiga yakun yasaydi.

Chagayev professional boksda jami 38 ta jang o‘tkazib, ularning 34 tasida g‘alaba qozonadi (21 ta nokaut), uch marta mag‘lubiyatga uchraydi va bir bor durangga imzo chekadi.

Ruslan Chagayev hamda Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi super jangni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют