» » Aleksandr Povetkin ukrainalik Oleksandr Usikka qarshi jang qilishi mumkin

Aleksandr Povetkin ukrainalik Oleksandr Usikka qarshi jang qilishi mumkin


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasi vakili Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) ukrainalik bokschi Oleksandr Usikka (17-0, 13 KO) qarshi jang qilishi mumkin.

Ringpolska nashrining xabar qilishicha, Povetkinda Dillian Uaytga (27-2, 18 KO) qarshi revanshdan tashqari Usik bilan jang qilish varianti ham bor.

Ukrainalik bokschi WBC reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi va faqat Deontey Uaylderdan (42-1-1, 41 KO) ortda qolmoqda. Mazkur divizion chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) hisoblanadi. Povetkin esa Uaytga qarshi jangga qadar 9-pog‘onada borayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Povetkin 23-avgust kungi boks kechasida Uaytni nokautga uchratib, WBC chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Avvalroq Povetkin va Uayt o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Ruslan Chagayev hamda Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi super jang yodingizdami? O‘sha jangni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют