» » Aleksandr Povetkin: “Dillian Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman, u kuchli bokschi”

Aleksandr Povetkin: “Dillian Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman, u kuchli bokschi”


Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) WBC yo‘nalishining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Dillian Uaytga (26-1, 18 KO) qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uaytni hurmat qilaman. U kuchli, yaxshi bokschi, bu yerda sirli hech narsa yo‘q. Dillianda yaxshi zarba bor. Uni yuqori saviyali bokschi deb bilaman. Shunday ekan unga qarshi yaxshi jang o‘tkazish uchun ancha ter to‘kishimga to‘g‘ri keladi.

Mehmonxonadagi izolyatsiya? Bu ishning bir bo‘lagi. Albatta, tutqunlikda o‘tirishni yomon ko‘raman, biroq bu ishimga bog‘liq. O‘z ishimga professional yondashishim kerak. O‘ylashimcha, muxlislarning yo‘qligi ta’sir o‘tkazmasa kerak, yana ko‘ramiz.

Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman. Shunchaki yaxshi boks namoyish qilgan holda, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka urinaman. Bori shu.

Aleksandr Povetkin, bokschi

Povetkin va Uayt o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 23-avgust tongida bo‘lib o‘tadi.

Jang videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют