» » Aleksandr Povetkin 23-avgust kuni vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun Dillian Uaytga qarshi jang qiladi

Aleksandr Povetkin 23-avgust kuni vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun Dillian Uaytga qarshi jang qiladi


Toshkent vaqti bilan 22-avgustdan 23-avgustga o‘tar kechasi Brentvuddagi “Jangchilar bog‘i”da professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Unda og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Aleksandr Povetkin (35-2, 24 KO) WBC vaqtinchalik kamari uchun Dillian Uaytga (27-1, 18 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Ushbu jang g‘olibi WBC chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. Hozirda bu kamar Tayson Fyuriga tegishli bo‘lib, britaniyalik bokschi uning himoyasi uchun dastlab Deontey Uaylder qarshi jang o‘tkazadi.

Shuningdek, ushbu boks kechasida yengil vazn toifasining mutlaq chempioni Keti Teylor (15-0, 6 KO) va Delfin Person (44-2, 18 KO) o‘rtasidagi revansh jangi hamda Jek Kullen (18-2, 9 KO) — Zak Chelli (7-1, 3 KO) bellashuvi o‘tkaziladi.

Asosiy janglar Toshkent vaqti bilan 02:15 da start oladi.

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют