» » Joshua va Povetkin navbatdagi g‘alabasiga erishdi. Endi ular bir-biriga qarshi jang qiladi

Joshua va Povetkin navbatdagi g‘alabasiga erishdi. Endi ular bir-biriga qarshi jang qiladi


1-aprelga o‘tar kechasi Uels markazi Kardiff shahridagi Principality Stadium arenasida WBA Super, IBO va IBF kamarlarini birlashtiruvchi jang o‘tkazildi.

Unda mazkur kamarlar sohibi Entoni Joshua WBO kamari egasi, yangi zelandiyalik Jozef Parker (24 ta g‘alaba, 18 ta nokaut) qarshi ringga chiqdi. 12 raund davom etgan jangda hakamlar g‘alabani Entoniga taqdim etdi: 119:109, 118:110, 118:110.

Endilikda 21 jangda 21 g‘alaba qayd etgan (20 tasi nokaut bilan) Joshua olmagan bir kamar — WBC (Butunjahon boks kengashi) kamari qoldi.

Hozirda mazkur kamar amerikalik Deontey Uaylderga tegishli.

Shuningdek, kecha rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin angliyalik raqibi Devid Praysni mag‘lub etdi. Jangning 5-raundida Povetkin tomonidan yo‘llangan kuchli zarbadan so‘ng Devid Prays nokautga uchradi. Shunday qilib Aleksandr professional boksdagi 35-jangida 34-g‘alabasiga erishdi.

Endilik Joshua hamda Povetkin bir-birga qarshi ringga ko‘tariladi. Ular o‘rtasidagi jang 2018-yil kuzida o‘tkazilish mumkin. Ayni vaqtda Aleksandr Povetkin WBA Super kamari uchun Entoni Joshuaga majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют