» » 8 ta jangdagi sakkizinchi g‘alaba. Shohjahon Ergashevga gruziyalik bokschini nokaut qilish uchun 1 ta raund yetarli bo‘ldi

8 ta jangdagi sakkizinchi g‘alaba. Shohjahon Ergashevga gruziyalik bokschini nokaut qilish uchun 1 ta raund yetarli bo‘ldi


Professional boksdagi qadamlari muvaffaqiyatli chiqqan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev gruziyalik charm qo‘lqop ustasi ustidan g‘alabaga erishdi, deb yozdi “Olamsport”.

15-fevral kuni Shohjahon Ruben Movsisyanga qarshi ringga chiqib, raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi. Vaholanki jang 10 raund davom etishi belgilab qo‘yilgandi.

Jang Moskva shahridagi “Korston Arena”da bo‘lib o‘tdi. Bir kun avvalgi taroziga tortish marosimida gruziyalik sportchi 64,3 kilogramm tosh bosgan bo‘lsa, Shohjahon Ergashev roppa-rosa 64 kilogramm vaznga ega ekani aniq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Ruben Movsisyan bunga qadar 23 ta jangda raqiblaridan ustun kelgan bo‘lib, shularning 16 tasini nokaut bilan yakunlashga erishgandi. Undan ustun kelgan Shohjahon Ergashev esa sakkizinchi jangidagi sakkizinchi g‘alabasiga ega chiqdi. Ahamiyatlisi, u barcha janglarida raqiblarini nokautga uchrata olgan.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 12:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют