» » Yil jangida Klichko 11 raund turib berdi va yakunda Joshuadan nokaut qabul qilib oldi

Yil jangida Klichko 11 raund turib berdi va yakunda Joshuadan nokaut qabul qilib oldi


Boksning super-og‘ir vaznidagi sportchilari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangi Toshkent vaqti bilan 30-aprelga o‘tar kechasi tungi 1:40 da bo‘lib o‘tdi.

Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qilgan boks kechasida raqibidan ancha yosh bo‘lgan Entoni Joshua zafar quchdi. Jang 11 raund davom etdi hamda Vladimir Klichkoning texnik nokauti bilan yakuniga yetdi.

To‘qnashuvning 5-raundida Klichko nokdaun holatiga tushib qolgan bo‘lsa, 6-raundda Entoni Joshua shunday ahvolda qoldi. 11-raundga kelib Joshua ukrainalik raqibini ikki marta nokdaunga tushira oldi. Keyinroq Klichko ring arqoniga osilib, o‘zini o‘nglay olmadi va qator zarbalar o‘tkazib yubordi. Natijada referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Jang uchun super-og‘ir vaznning IBF va WBA yo‘nalishlari chempionligi tikilgandi. Shu kecha ikki buyuk bokschi jangini 90 ming tomoshabin stadionning o‘zidan tomosha qildi. Bu esa Angliya uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua bunga qadar professional ringda 18 jang o‘tkazib, 18 g‘alabaga erishgan va har safar raqiblarini nokautga uchratgandi. Uning 19-jangi ham bundan mustasno bo‘lmadi. Klichko esa karyerasi davomida birinchi bor ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga rozi bo‘ldi.

Joshuaga qarshi chiqqan raqiblardan hech kim yettinchi raundan nariga o‘ta olmagan. Klichko bu borada birinchisi bo‘ldi.

Klichko Olimpiada chempioni bo‘lganida Joshua 6 yoshda edi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют